Основные показатели
Дата:
01.10.2024г.
Время:
14:02::31
Stansiyalarning o'rnatilgan quvvati
7894,4
Stansiyalarning amaldagi quvvati
125,6
2023-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi
12 132 МВт
2023-yilda ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi
10 298 МВт

“Dolzarb 30 kun” doirasida yong‘in xavfsizligiga oid amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

 

_ТПБ_01

Mamlakatimiz energetika sohasi korxonalarida mehnat xavfsizligini ta’minlash, xodimlar malakasini oshirish, ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasini mustahkamlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, “Dolzarb 30 kun” profilaktik tadbirlari doirasida olib borilayotgan chora-tadbirlar bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

_ТПБ_05

Xususan, Angren issiqlik elektr stansiyasida mazkur tashabbus doirasida navbatdagi yong‘in xavfsizligiga oid amaliy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir “Obe’kt binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi” va Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.

_ТПБ_09

Tadbir davomida ishchi-xodimlar ishtirokida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Mutaxassislar tomonidan yong‘in kelib chiqishining sabablari, uning oqibatlari, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibi, yong‘in o‘chirish drujinalarining vazifalari hamda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, mashg‘ulotlarda ishtirokchilarga o‘t o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in vaqtida ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar amaliy misollar asosida ko‘rsatib berildi.

_ТПБ_04

Tadbir yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi va ushbu savollarga atroflicha javoblar berildi.

_ТПБ_07

Ta’kidlash joizki, bunday mashg‘ulotlar nafaqat xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, balki ular xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish malakasini shakllantirish, shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz va samarali davom etishiga xizmat qiladi.

“Angren IES” AJ Matbuot xizmati

Сайт является адаптивным и автоматически подстроится под разрешение экрана вашего устройства
Это означает, что при использовании мобильного устройства, мобильная
версия сайта запустится автоматически