“Angren IES” AJda yoshlar qalbida vatanparvarlik, yurtga sadoqat, halollik va mardlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Ma’naviyat soati” darsi o‘tkazildi.

Tadbirda iste’fodagi podpolkovnik, “Jasorat” va “Turon birligi” ordenlari sohibi, shoir va yozuvchi Oripov To‘ramirza Dedamirzayevich ishtirok etdi. U yoshlarga o‘zining hayotiy tajribalari, xizmat yo‘li hamda ijodiy faoliyati haqida so‘zlab berdi. Tadbir davomida muallifning kitoblari taqdim etilib, ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir yakunida yoshlarga murojaat etilib, ularning qalbida Vatanga muhabbat, sadoqat va halollik tuyg‘ularini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

“Angren IES” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi bunday tashabbuslar orqali yoshlarga ma’naviy ko‘mak berishda davom etmoqda.
“Angren IES” AJ Matbuot xizmati