Основные показатели
Дата:
01.10.2024г.
Время:
14:02::31
Stansiyalarning o'rnatilgan quvvati
7894,4
Stansiyalarning amaldagi quvvati
125,6
2023-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi
12 132 МВт
2023-yilda ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi
10 298 МВт

Sport musobaqalari o‘tkazildi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi “Angren IES” va “Yangi-Angren IES”da sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha saralash musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

252410_sport_01
 

Tadbirlar korxonalarda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, xodimlar o‘rtasida jamoaviy ruh, hamjihatlik va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

252410_sport_02


Musobaqalar korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda ishchi-xodimlar, muhandis-texnik mutaxassislar hamda ayollar jamoasi vakillari faol ishtirok etdilar.

252410_sport_03


Bellashuvlar erkaklar va ayollar o‘rtasida alohida yo‘nalishlarda o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z mahoratlari, topqirligi va jismoniy tayyorgarliklarini namoyish etdilar. Shaxmat va shashka bo‘yicha bahslar ishtirokchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini sinovdan o‘tkazgan bo‘lsa, stol tennisi musobaqalari tezkorlik va chaqqonlik jihatidan qizg‘in kechdi.

252410_sport_04


Tadbir davomida ishtirokchilar bir-birini qo‘llab-quvvatlab, korxona jamoasida do‘stona va ijobiy muhit yaratildi. Sport tadbirlari xodimlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish hamda jamoa ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Angren IES” va “Yangi-Angren IES” Matbuot xizmati

Сайт является адаптивным и автоматически подстроится под разрешение экрана вашего устройства
Это означает, что при использовании мобильного устройства, мобильная
версия сайта запустится автоматически