Основные показатели
Дата:
01.10.2024г.
Время:
14:02::31
Stansiyalarning o'rnatilgan quvvati
7894,4
Stansiyalarning amaldagi quvvati
125,6
2023-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi
12 132 МВт
2023-yilda ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi
10 298 МВт

Rejali ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Angren issiqlik elektr stansiyasida elektr energiyasi ishlab chiqarishning barqarorligi va uskunalarning ishonchli hamda xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida navbatdagi rejali ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, stansiyadagi T-1 tok transformatorining 110 kVlik havo o‘chirgichida ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Bu jarayonda o‘chirgichning barcha mexanik qismlari ko‘zdan kechirilib, eskirgan yoki yaroqsiz detallar almashtirilmoqda. Mexanik harakatlanuvchi qismlar moylandi va ularning holati sog‘lomlashtirilmoqda. Shuningdek, kontaktlar elektr bog‘lanishlari va izolyatsiya darajasi tekshirilib, normal holatga keltirilmoqda.

Plan_raboty_01
Shuningdek, T-1 tok transformatorining tashqi izolyatorlari maxsus izolyatsiya vositalari bilan tozalanib, ulardagi iflosliklar va siqilishlarga qarshi choralar ko‘rildi. Tozalash ishlaridan so‘ng izolyatorlar texnik ko‘zdan kechirildi va shikastlanishlar aniqlanmadi.

“Angren IES” AJ texnik reglamentlari hamda sanoat xavfsizligi va lektr xavfsizligi me’yorlariga qat’iy amal qilingan holda olib borilayotgan mazkur ta’mirlash ishlari stansiya uskunalarining ishonchliligini oshirib, avariya xatarlarini kamaytiradi va tizimning barqaror ishlashini ta’minlaydi.

Plan_raboty_03
“Angren IES” AJ mutasaddilari kelgusi davrda ham elektr uskunalarining profilaktik ko‘rigi va zarurat bo‘lsa modernizatsiyasi bo‘yicha belgilangan rejalar asosida ishlarni davom ettirishni bildirishmoqda.

“Angren IES” AJ Matbuot xizmati

Сайт является адаптивным и автоматически подстроится под разрешение экрана вашего устройства
Это означает, что при использовании мобильного устройства, мобильная
версия сайта запустится автоматически