Основные показатели
Дата:
01.10.2024г.
Время:
14:02::31
Stansiyalarning o'rnatilgan quvvati
7894,4
Stansiyalarning amaldagi quvvati
125,6
2023-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi
12 132 МВт
2023-yilda ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi
10 298 МВт

“Qambarota GES-1” loyihasi bo‘yicha navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025-yilning 25-26-sentyabr kunlari Belgiyaning Bryussel shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikalari Energetika vazirlarining “Qambarota GES-1 qurilishi” loyihasi bo‘yicha uchinchi davra suhbati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Камбарота_0

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikalari Energetika vazirlari, Jahon banki vakillari, shuningdek, loyiha doirasida tashkil etilgan Donorlar kengashi a’zolari ishtirok etdi. Tadbir Jahon banki ko‘magida tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: 2024-yil 6-iyun kuni Jahon banki boshchiligida Donorlarni muvofiqlashtirish kengashi tashkil etilgan. Kengash tarkibi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB), “Cassa Depositi e Prestiti S.p.A.” (Italiya), OPEC Xalqaro rivojlanish jamg‘armasi, Yevropa investitsiya banki, Islom taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya institutlaridan iborat.

Yig‘ilishda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari, uning atrof-muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha dastlabki hujjatlar va ijtimoiy jihatlari, amalga oshirish mexanizmlari hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ushbu loyiha yuzasidan 2025-yilning oktyabr–noyabr oylarida belgilangan navbatdagi uchrashuv masalalari muhokama qilindi.

Loyiha doirasida 5,4 mlrd kub metrga teng suv ombori va 1860 MVt quvvatli gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi. Natijada yiliga o‘rtacha 5,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

Камбарота_1

Ishtirokchilar loyihani Markaziy Osiyoda energetika xavfsizligi va hamkorlikni mustahkamlash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishning muhim tarkibiy qismi sifatida e’tirof etdilar.

Shuningdek, davra suhbati doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro moliya tashkilotlari – loyiha donorlari qo‘mitasi a’zolari bilan loyihani moliyalashtirishni jalb qilish shartlari va imkoniyatlarini muhokama qilish bo‘yicha bir qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi. Shu tariqa Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, YeTTB, OIIB, OTB, OPEC jamg‘armasi va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, bunday formatdagi birinchi uchrashuv joriy yilning 27-yanvar kuni Toshkent shahrida, ikkinchisi 26-27-may kunlari Dubayda bo‘lib o‘tgan edi. Dubaydagi uchrashuv doirasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Energetika vazirlari o‘rtasida Bayonnoma imzolangani loyihani amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

Uch tomonlama uchrashuv yakunida birgalikdagi keyingi rejalar va loyihani tayyorlash muddatlari yuzasidan kelishuvga erishildi.

Axborot manbai - O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligi

Сайт является адаптивным и автоматически подстроится под разрешение экрана вашего устройства
Это означает, что при использовании мобильного устройства, мобильная
версия сайта запустится автоматически