2025-yilning yanvar — sentyabr oylarida 35 284 nafar jismoniy shaxs elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 153 mlrd 643 mln so‘m davlat budjetidan subsidiya oldi.
Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:
Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasi "Keshbek va imtiyozlar" xizmatining “Quyoshli xonadon” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt·soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.
Axborot manbai - O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligi