“Angren IES” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida
XABARNOMA
“Angren IES” AJ Kuzatuv kengashining 2026-yil 9-iyundagi yig‘ilish qaroriga asosan Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi 2026-yil 30-iyun kuni Toshkent viloyati, Angren shahar, Toshkent ko‘chasi 4-uyda joylashgan jamiyat majlislar zalida o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarni ro‘yhatga olish soat 14:00 dan boshlanadi.
Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun Jamiyat aksiyadorlari reestri 2026-yil 9-iyun holatiga tuziladi.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reestri 2026-yil 24-iyun holatiga tuziladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibi:
1. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
3. Jamiyatning 2025-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash
4. “Angren IES” AJ bosh direktorining 2025-yil yakuni bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
5. “Angren IES” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
6. “Angren IES” AJ 2025-yil yakuni bo‘yicha tashqi auditorlik tashkiloti xulosasini tasdiqlash.
7. “Angren IES” AJning 2025-yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha sof foydani taqsimlash, dividend miqdori, uni to‘lash shakli va tartibini tasdiqlash.
8. “Angren IES” AJning 2025-yil yakuni bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini tasdiqlash.
9. “Angren IES” AJ Boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini amal qilish muddatini uzaytirish yoki bekor qilish.
10. “Angren IES” AJ aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda affillangan shaxslar bilan jamiyat tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni (bitimlarni) ma’qullash.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun, aksiyadorlarda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan Angren shahar, Toshkent ko‘chasi, 4-uyda Jamiyatning bosh ofisi binosida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab tanishishlari mumkin.
Telefon: (+998 ) 78) 150-01-88;
e-mail: angrenies@tpp.uz