Основные показатели
Дата:
01.10.2024г.
Время:
14:02::31
Stansiyalarning o'rnatilgan quvvati
7894,4
Stansiyalarning amaldagi quvvati
125,6
2023-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi
12 132 МВт
2023-yilda ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi
10 298 МВт

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi

“Angren IES” AJda Hukumatning tegishli qarori asosida 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsum davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarni oldini olish hamda yong‘in xavfsizligi tadbirlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.

2024_учения_1

O‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, Toshkent viloyati FVB, Angren shahar FVB hamda Angren IES mas’ullari ishtirok etdi.

2024_учения_2

Mashg‘ulotlar 2 bosqichda o‘tkazilib, dastavval, Angren IES tomonidan iste’molchilarni elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlashda favqulodda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tuzilgan tezkor ishchi-guruhlari, shaxsiy tarkib, texnika va aloqa vositalarining shayligi va xabar berish guruhining harakatlari tekshirildi.

2024_учения_3

Shundan so‘ng, 10-energoblokning o‘z ehtiyojlari uchun elektr energiyasi bilan ta’minlovchi transformatorida shartli ravishda moy sizib chiqishi oqibatida yuzaga kelgan nosozlik oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha FM tuzilmalari shaxsiy tarkibi kuch va vositalari tomonidan tadbirlar amalga oshirildi.

O‘quv mashqi yakuni bo‘yicha erishilgan natijalar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

“Angren IES” AJ Matbuot xizmati

 

 

Сайт является адаптивным и автоматически подстроится под разрешение экрана вашего устройства
Это означает, что при использовании мобильного устройства, мобильная
версия сайта запустится автоматически