Основные показатели
Дата:
01.10.2024г.
Время:
14:02::31
Stansiyalarning o'rnatilgan quvvati
7894,4
Stansiyalarning amaldagi quvvati
125,6
2023-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi
12 132 МВт
2023-yilda ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi
10 298 МВт

Tarkibiy bo‘linmalari


Sex - jamiyatning asosiy ishlab chiqarish bo‘g‘ini hisoblanadi.

“Angren IES” aksiyadorlik jamiyati tarkibida oltita asosiy sex faoliyat yuritadi:

  1. Yoqilg‘i ta’minoti va transport sexi
  2. 1-qozon va turbinalar sexi
  3. 2-qozon va turbinalar sexi
  4. Elektr sexi
  5. Issiqlikni avtomatlashtirish va o‘lchash sexi
  6. Issiqlik va yer osti inshoatlari sexi

Bundan tashqari, korxona faoliyatini ta’minlashda muhim o‘rin tutuvchi to‘rtta yordamchi sex mavjud:

  1. Kimyo sexi
  2. Ta’mirlash-qurilish ustaxonasi
  3. Uskunalarni sozlash va sinovdan o‘tkazish ustaxonasi
  4. Markazlashtirilgan ta’mirlash ustaxonasi

Korxona tarkibida, shuningdek, logistika bo‘limi, metallar  laboratoriyasi, hamda moddiy ta’minot bo‘limi faoliyat yuritadi.

“Angren IES” AJ Bosh direktor boshchiligidagi yagona boshqaruv tizimi asosida boshqariladi. Bosh direktor jamiyatning umumiy faoliyatini muvofiqlashtirib, biznes operatsiyalarini boshqarishda quyidagi lavozim va bo‘limlar unga ma’muriy jihatdan bo‘ysunadi:

  • Ishlab chiqarish direktori
  • Moliya ishlari bo‘yicha direktori
  • Umumiy masalalar bo‘yicha direktor
  • Istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar bo‘yicha direktor
  • Buxgalteriya hisobi bo'limi
  • Ta’mirga tayyorlash va o‘tkazish bo‘limi
  • Xodimlar bilan ishlash bo‘limi
  • Yuridik bo‘lim
  • Kapital qurilish bo‘limi
  • Axborot texnologiyalari va raqamlashtirish bo‘limi
  • Reja-iqtisod bo‘limi

Jamiyatda ishlab chiqarish va texnik operatsiyalarni samarali tashkil etish maqsadida Ishlab chiqarish-texnik bo‘lim  faoliyat olib boradi.

Jamiyatning ishlab chiqarish va texnik jarayonlarini Bosh direktor ishlab chiqarish bo‘yicha direktor  orqali boshqaradi.
U o‘z navbatida quyidagi bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi:

  • Ekspluatatsiya bo‘yicha direktor o‘rinbosari
  • Ta’mirlash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
  • Ishlab chiqarish-texnikasi bo‘lim
  • Asosiy va yordamchi sexlar
  • Stansiya smenalari boshliqlari
  • MXTX
  • Metallar laboratoriyasi

Kapital qurilish va investitsiya faoliyatini boshqarish uchun korxonada Kapital qurilish bolimi hamda Investitsiya loyihalarini amalga oshirish guruhi tashkil etilgan.

Stansiya jihozlari, bino va inshootlardan foydalanish hamda ularni tamirlash bilan bogliq vazifalar tegishli sexlar va ishlab chiqarish bolinmalari ortasida aniq taqsimlangan bolib, bu jarayon:

“Sexlar to‘g‘risida”gi Nizom hamda   “Angren IES” AJ tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida asbob-uskunalar, bino va inshootlarni ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash funksiyalari hamda javobgarlik chegaralarini taqsimlash to‘g‘risidagi Nizom” bilan tartibga solinadi.

структура_2025

Сайт является адаптивным и автоматически подстроится под разрешение экрана вашего устройства
Это означает, что при использовании мобильного устройства, мобильная
версия сайта запустится автоматически