Основные показатели
Дата:
01.10.2024г.
Время:
14:02::31
Stansiyalarning o'rnatilgan quvvati
7894,4
Stansiyalarning amaldagi quvvati
125,6
2023-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi
12 132 МВт
2023-yilda ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi
10 298 МВт

Faxriylar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ  Faxriylar kengashining  2025-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi rejalari yuzasidan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. “Angren IES” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan tadbirlarda  issiqlik elektr stansiyalari va markazlaridan saylangan Faxriylar kengashi a’zolari ishtirok etishdi.

совет_ветеранов_01


An’anaga ko‘ra, Faxriylar kengashi a’zolari Angren IES faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Kun tartibiga binoan, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Faxriylar kengashining 2025 yil birinchi yarim yilligi  yakunlari bo‘yicha hisoboti tinglandi.

совет_ветеранов_03


Faxriylar kengashi raisi R.Tolipov va boshqa mehnat faxriylari tomonidan joriy yilning o‘tgan davr mobaynida qilingan ishlar, istiqboldagi rejalar, turli yo‘nalishlardagi tashabbuslar haqida so‘z yuritildi. Bu borada tizimda mehnat faxriylarini qo‘llab-quvvatlash, ustoz-shogird an’analarini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni keng yoyish bo‘yicha e’tiborga loyiq fikr-mulohazalar bildirildi.

совет_ветеранов_02


Faxriylar kengashi a’zolari, ustoz-energetiklar va mehnat faxriylari ishtirokida “Uch avlod” uchrashuvi  tashkil qilinib, unda Angren issiqlik elektr stansiyasi yoshlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdt.

совет_ветеранов_04


- Bugungi tadbirimiz, o‘ylaymanki, tizim korxonalarida mehnat qilayotgan faxriylarni e’zozlash, yoshlarimiz tomonidan ularning boy hayotiy va kasbiy tajribasi, bilimlaridan samarali foydalanishi uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi, - deydi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Faxriylar kengashi raisi R.Tolipov.


“Issiqlik elektr stansiyalari”AJ Matbuot xizmati

Сайт является адаптивным и автоматически подстроится под разрешение экрана вашего устройства
Это означает, что при использовании мобильного устройства, мобильная
версия сайта запустится автоматически