Основные показатели
Дата:
01.10.2024г.
Время:
14:02::31
Stansiyalarning o'rnatilgan quvvati
7894,4
Stansiyalarning amaldagi quvvati
125,6
2023-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi
12 132 МВт
2023-yilda ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi
10 298 МВт

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi

Bugun Angren shahrida joylashgan Angren issiqlik elektr stansiyasida 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumida ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tayyorgarlik holati o‘rganildi.

OZP_2025-26_01a


O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Energetika vazirligi, shuningdek, Angren shahar hokimligi mas’ullari ishtirok etdi.

OZP_2025-26_02


Tadbir doirasida “Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasi” mavzusida stansiyaning tezkor guruhlari ishtirokida amaliy sinov mashqlari o‘tkazildi.

OZP_2025-26_03


Mutasaddilar tomonidan stansiyada avariyaviy holatlarning oldini olish, sovuq mavsum davomida generatsiya jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash, uskunalarning barqaror va bir maromda ishlashini nazorat qilish, texnik va mehnat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, shuningdek, xodimlarning xavfsizligiga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi ta’kidlandi.

OZP_2025-26_04


Kuz-qish mavsumida Angren shahri iste’molchilarini issiqlik va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida, tasdiqlangan ta’mirlash dasturi asosida stansiyada 2 ta qozon agregati, 1 ta energoblok va 2 ta turboagregatda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

“Angren IES” AJ Matbuot xizmati

Сайт является адаптивным и автоматически подстроится под разрешение экрана вашего устройства
Это означает, что при использовании мобильного устройства, мобильная
версия сайта запустится автоматически