2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan “Angren IES” aksiyadorlik jamiyatida atrof-muhitni muhofaza qilish, havo sifati yaxshilanishi va yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan bir qator amaliy chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Joriy yil bahorida jamiyat tashabbusi bilan 10 000 dona manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, bu orqali sanoat faoliyati natijasida atmosferaga chiqadigan zararli moddalar miqdorini kamaytirish hamda issiqxona gazlarini neytrallashtirishga erishish maqsad qilingan.

Muttaxassislarning ta’kidlashicha, har bir sog‘lom daraxt yiliga o‘rtacha 1 tonnadan 5 tonnagacha issiqxona gazlarini, xususan, karbonat angidridni o‘zlashtirish qobiliyatiga ega. Shu asosda, ekkan ko‘chatlar kelgusida havoga chiqariladigan zararli gazlar miqdorini kamida 10 ming tonnaga kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Ushbu tashabbus “Angren IES” AJda amalga oshirilayotgan ekologik islohotlarning yorqin namunasi bo‘lib, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga qo‘shilgan yana bir qimmatli hissa sifatida qayd etiladi.
Ekologik barqarorlik va ishlab chiqarish barqarorligi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga xizmat qiladigan bu kabi ishlar davom etmoqda.
“Angren IES” AJ Matbuot xizmati