Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlarining “Angren IES” AJga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif davomida olimlar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganib, ilmiy yondashuv hamda chuqur tadqiqotlarni talab qiladigan mavjud muammo va ehtiyojlar bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuvda korxona mutaxassislari bilan birgalikda texnologik jarayonlarni takomillashtirish, energiya samaradorligini oshirish, zamonaviy monitoring va diagnostika tizimlarini joriy etish, shuningdek, ishlab chiqarishni raqamlashtirishga doir masalalar atroflicha muhokama qilindi. Olimlar muammolarni ilmiy asosda o‘rganish, innovatsion yechimlar ishlab chiqish va amaliy takliflar tayyorlash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini boshlash, zarur hollarda qo‘shma laboratoriyalar va ishchi guruhlar tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Kelgusida ishlab chiqilayotgan ilmiy yechimlar taqdimoti va ularni amaliyotga joriy etish masalalarini muhokama qilish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etilishi belgilandi.
“Angren IES” AJ Matbuot xizmati