Основные показатели
Дата:
01.10.2024г.
Время:
14:02::31
Stansiyalarning o'rnatilgan quvvati
7894,4
Stansiyalarning amaldagi quvvati
125,6
2023-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi
12 132 МВт
2023-yilda ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi
10 298 МВт

Obyektivda – Abdusaid Rahmonov

Объектив_Абдусаид Рахмонов

Bolaligimda o‘qituvchi bo‘lishni orzu qilardim. O‘quvchilarga saboq berish, ularga ma’rifat nurini ulashish, ta’lim-tarbiya yo‘llarini yoritish singari savobli ishlarga qo‘l urgim, bor bilgan narsalarimni boshqalarga ham o‘rgatgim kelardi. Biroq taqdir charxpalagi meni energetika sohasiga olib kirdi, - deydi navbatdagi mehmonimiz “Angren IES” AJ Stansiya smena boshlig‘i Abdusaid Rahmonov.


Asl kasbim energetik bo‘lsa-da, ustozlik kasbiga qiziqish meni o‘ziga ipsiz tortaverdi. Shu sababmi, ish faoliyatimda ham ko‘p yosh energetiklarga ustozlik qildim. Bundan tashqari, Angren Politexnika kasb-hunar kollejida ham ishdan tashqari bo‘sh vaqtlarimda talabalarga “Issiqlik elektr stansiyalarida qozon-turbina qurilmalariga xizmat ko‘rsatish” fanidan 14 yil mobaynida dars berib keldim.

Ish faoliyatimni dastlab 1986-yil ushbu stansiyada elektromontyor vazifasidan boshlaganman. Ish bilan birgalikda Angren Politexnika universitetining Energetika sohasiga o‘qishga kirdim va uni muvafaqqiyatli tamomladim. Keyinchalik mendagi ishga bo‘lgan intilish va izlanishni ko‘rgan ustozlarim meni elektr sexi smena boshlig‘i vazifasiga tavsiya qilishdi.

Bu kasbni mukammal egallashda, sohaning barcha sirlarini o‘rganishda va ishga jiddiy mas’uliyat bilan yondashishda ustozlarimning o‘rni beqiyos. Nurmatov Erali, Boboraximov Abdumo‘min, Shoismatov Xabibullo singari soha fidokorlarining menga bergan bilimlari, tajriba va malakalari ish va hayot yo‘limda mayoq vazifasini bajargan. Ulardan ibrat olib, o‘zim ham qanchadan-qancha shogirdlar yetishtirdim. Shogirdlarimga doim o‘z ustida ishlashlarini, mehnat faoliyatlarida va jamoat ishlarida hamisha faol bo‘lishlarini uqtirib kelaman.

Kasbim o‘ta mashaqqatli va katta mas’uliyat talab qiladi. Sababi smena davomida butun stansiyaga javobgar shaxs bo‘lish oson emas. Ishimiz sifatli elektr energiyasi va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, ish samaradorligini oshirish, bu jarayonga jiddiy yondashish, ishchi-xodimlar xavfsizligini ta’minlash, uzluksiz shahar aholisini elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlashdir.

Shunday bo‘lsa-da, kasbim bilan faxrlanaman. Sababi kasbim orqali shahrimizdagi har bir oilaga nur va ziyo kirib borishida oz bo‘lsa-da hissa qo‘shyapman. Kimgadir nafim tegsa men o‘zimni baxtiyor his qilaman.

Mening asl hayotiy tamoyilim ham “Insonlarga doim yaxshilik qilish va xalqimizga munosib xizmat qilish”dir.

“Angren IES” AJ Matbuot xizmati

Сайт является адаптивным и автоматически подстроится под разрешение экрана вашего устройства
Это означает, что при использовании мобильного устройства, мобильная
версия сайта запустится автоматически