Основные показатели
Дата:
01.10.2024г.
Время:
14:02::31
Stansiyalarning o'rnatilgan quvvati
7894,4
Stansiyalarning amaldagi quvvati
125,6
2023-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi
12 132 МВт
2023-yilda ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi
10 298 МВт

Obyektivda – Zaylobiddin Normatov

“Halol mehnat qilish va ishonchli bo‘lish – bu men uchun eng muhim tamoyillar. Har bir navbatchiligimda bunga amal qilib kelaman.” - deya ta’kidlaydi “Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJ 2-qozon-turbina sexi mashinisti Zaylobiddin Normatov.

Зайлобиддин Норматов


1975-yil 12-iyul kuni Toshkent viloyati, Angren shahrida tug‘ilgan Zaylobiddin Ashurovich Normatov o‘zining butun mehnat faoliyatini energetika sohasiga bag‘ishlab kelayotgan fidoyi mutaxassislardan biridir. Texnika va energetikaga bo‘lgan qiziqish unga nasldan o‘tgan deyish mumkin.

Chunki otasi — Normatov Ashurmat Nurmatovich ham ushbu sohaning sadoqatli vakillaridan biri bo‘lgan. U kishi 2004-yilgacha “Angren issiqlik elektr stansiyasi”da nazoratchi mashinist lavozimida ishlagan va o‘z mehnati bilan hamkasblari orasida katta hurmat qozongan. Shu sababli Zaylobiddin aka bolaligidan otasiga qarab ulg‘aygan, uning mehnatga bo‘lgan munosabati va ishga sadoqati unda ham o‘z aksini topgan.

1994-yilda qahramonimiz “Angren issiqlik elektr stansiyasi”da ish boshladi. Dastlab qozon sexida nazoratchi mashinist sifatida faoliyat yuritdi. Tajriba orttirib, o‘zini ko‘rsatgach, 2006-2016-yillar davomida qozon mashinisti lavozimida ishladi. 2016-yildan esa 2-qozon-turbina sexi mashinisti sifatida uzlyuksiz mehnat qilib kelmoqda.

“Ishimiz yengil emas, lekin xalqimiz xonadonlari issiq bo‘lsa, fabrikalar ishlab tursa — bizning mehnatimiz zoye ketmagan bo‘ladi,” - deydi Zaylobiddin aka.

bugungi kunda u 30 yildan ortiq ish tajribasiga ega. Ishga halol munosabati va kasbga muhabbati bilan jamoa orasida obro‘ qozongan inson. Uning fidoyiligi va hayotga munosabati ko‘plab yosh xodimlar uchun ibrat bo‘lib xizmat qilmoqda.

“Men ishni otamdan o‘rgandim. Endi esa o‘zimdan keyingilarga o‘rgatishni burch deb bilaman,” - deydi u samimiylik bilan.

“Angren IES” AJ Matbuot xizmati

Сайт является адаптивным и автоматически подстроится под разрешение экрана вашего устройства
Это означает, что при использовании мобильного устройства, мобильная
версия сайта запустится автоматически