O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan issiqlik elektr stansiyalarida diktantlar tanlovi tashkil etildi
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan mamlakatimizda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shu jumladan, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida issiqlik elektr stansiyalarida ham uchrashuvlar, tanlov va kechalar keng nishonlanmoqda.

Sana munosabati bilan Navoiy IES va Angren IESda ishchi-xizmatchilar o‘rtasida diktantlar tanlovi tashkil etildi. Tanlovda stansiyalarning turli sex, bo‘lim va uchastkalarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar faol ishtirok etdilar.

Tadbir “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti” huzuridagi davlat muassasasining malakali mutaxassislari tomonidan olib borildi va baholandi.

Bunday ma’naviy tadbirlar ona tilimizga bo‘lgan hurmat va muhabbatni yanada yuksaltirish, xodimlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Angren IES va Navoiy IES matbuot xizmati