Основные показатели
Дата:
01.10.2024г.
Время:
14:02::31
Stansiyalarning o'rnatilgan quvvati
7894,4
Stansiyalarning amaldagi quvvati
125,6
2023-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi
12 132 МВт
2023-yilda ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi
10 298 МВт

Sayyor qabul o‘tkazildi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruv apparati tomonidan issiqlik elektr stansiyalari va markazlariga chiqqan holda, xodimlarning takliflari va murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazish an’anaga aylangan. Navbatdagi sayyor qabul Angren IESda o‘tkazildi.

 

2025_выборы_01


“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari A.Djo‘rayev boshchiligidagi jamiyat boshqaruv apparati mas’ul xodimlar guruhi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda Angren IES ma’muriyati, kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillari hamda stansiya xodimlari ishtirok etdilar.

Sayyor qabulda 20 ga yaqin xodimlar murojaatlari tinglandi. Qabulga kelgan xodimlar bank imtiyozli kreditlari va uy-joy, ish stajini aniqlash va ish faoliyatini boshqa sexlarda davom ettirish kabi masalalar bilan murojaatlar qildilar. Mutaxassislar tomonidan murojaatchilarga tegishli huquqiy maslahat va tavsiyalar berilib, qator ko‘tarilgan masalalar esa joyida ijobiy hal etildi.

2025_выборы_02

Qabul davomida ishchi guruhi a’zolari mehnat huquqiga rioya etilishi, mehnatga haq to‘lash tizimini o‘rgandilar, shuningdek, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xodimlarga qulay mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni davom ettirish xususida tavsiyalar berdilar.

2025_выборы_04


Ma’lumot o‘rnida, 2024-yilda issiqlik elektr stansiyalarida jami 12 ta “Sayyor qabullar” o‘tkazildi.

 

“Angren IES” AJ Matbuot xizmati

 

Сайт является адаптивным и автоматически подстроится под разрешение экрана вашего устройства
Это означает, что при использовании мобильного устройства, мобильная
версия сайта запустится автоматически